Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Özbekiston va Rossiya örtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 24, 2026, 3 p.m. 1,099 Views 0 Comment




Joriy yilning 23–24-noyabr kunlari Millatlararo munosabatlar qömitasi, Birodar şaharlar alyansi hamda Qöqon şahar hokimligi vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida ötkazilayotgan Xalqaro munitsipal forumda iştirok etmoqda.




Mazkur forum hududlararo va xalqaro munitsipal hamkorlikni rivojlantiriş, şaharlar örtasida özaro tajriba almashiş, istiqbolli qöşma loyihalarni ilgari suriş hamda manfaatli hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oliş uçun muhim muloqot maydoni hisoblanadi.

Forumning oçiliş marosimida Birodar şaharlar alyansi raisi ma’ruza bilan iştirok etib, Özbekiston va Rossiya örtasidagi hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlaş, birodar şaharlar hamkorligini kengaytiriş, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, ikki mamlakat hududlari örtasida bevosita aloqalarni rivojlantiriş, mahalliy boşqaruv organlari örtasida tajriba almaşiş, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.




Özbekiston delegatsiyasining mazkur xalqaro forumdagi iştiroki ikki mamlakat şahar va hududlari örtasida uzoq muddatli, özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş, yangi şeriklik aloqalarini yölga qöyiş hamda xalq diplomatiyasi vositasida döstlik va özaro işonç muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment