Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 21 октября 2025 г. 12:16 1,582 Просмотры 0 Комментарий



“O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining nashr o‘quvchilari bilan muloqotlari yaxshi an’anaga aylangan. Bu galgi ijodiy uchrashuv Toshkent shahrida Respublika rus milliy madaniy markazi a’zolari bilan bo‘lib o‘tdi.




Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilning iyul oyida “Do‘stlik” umumxalq bayrami doirasida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar uchun   22 ta pavilon qurib berildi va ularning har bii tegishli  millatlarning qadimiy urf-odatlari, an’analari asosida jihozlandi.




O‘tgan yilning yo‘zida o‘zining 30 yilligini keng nishonlagan Respublika rus milliy madaniy markazi jamoasi ham bundan mustasno emas. Hozirda markazning viloyatlardagi 23 ta mintaqaviy bo‘linmasi o'z atrofiga  1,5 ming nafardan ziyod a’zolarni birlashtirgan va ular mamlakatimizda rus millatiga xos qadriyatlarni har tomonlama rivojlantirish, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish ustida faol ish olib bormoqdalar. “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining rus milliy madaniy markazi paviloniga tashrifi chog‘ida ana shular haqida so‘z bordi.




O‘z navbatida markaz faollari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida jurnal xodimlari kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdilar. Mamlakatimizda ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy–ma’rifiy yo‘nalishdagi jurnallar sahifalarida millatlararo totuvlik, do‘stlik, bag‘rikenglik va qadriyatlarga oid maqolalar muntazam yoritilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Bugungi kunda yurtimizda yuzdan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Ularning barchasi vatanimizda tinchlik, osoyishtalik va totuvlik muhitida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda faol qatnashmoqdalar.




Uchrashuvda Respublika rus milliy madaniy markazi faollarini qiziqtirgan savollarga jurnalistlar tomonidan keng qamrovli javoblar qaytarildi.


Muallif: H. Mamatov.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий