Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Milliy madaniy markazlar faoliyati o‘rganildi

By Muxtasar_Qodirova - 26 октября 2025 г. 14:50 1,645 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi  PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Toshkent shahridagi milliy madaniy markazlar  faoliyati o‘rganildi. Xususan:




Ishchi guruh tomonidan poytaxtda faoliyat ko'rsatayotgan nemis, rus  milliy madaniy markazlar  faoliyati bilan yaqindan tanishildi;




Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrash, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi;




Shuningdek, Qo'mita raisi o'rinbosari O. Narzullayev boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari A. Xomidjonov ham ishtirok etdi. Yig'ilish davomida millatlararo munosabatlar yo'nalishida hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda milliy madaniy markazlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.




Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий