Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Slovakiya Prezidentining tashrifi yakunlandi

By Muxtasar_Qodirova - 1 ноября 2025 г. 21:48 1,491 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29 oktyabr kuni yurtimizga kelgan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrinining amaliy tashrifi yakunlandi.

Samarqandda amalga oshirilgan tashrif dasturiga muvofiq 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdilar.  



Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.



Slovakiya yetakchisi nufuzli mehmonlar qatorida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, tashkilot Bosh konferensiyasi sessiyasining 31 oktyabr kungi navbatdagi yalpi majlisida qatnashib, so‘zga chiqdi.

Peter Pellegrini tashrif davomida Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qildi.



Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.  

                                                                                                             O‘zA muxbirlari


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий