Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Diqqat e'lon!

By Muxtasar_Qodirova - 7 ноября 2025 г. 13:49 1,500 Просмотры 0 Комментарий

Oʻzbekistonda “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkaziladi


Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 10 – 15-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi” o'tkaziladi.


Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.


Haftalik doirasida viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.


Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий