Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

By Muxtasar_Qodirova - 11 ноября 2025 г. 13:13 1,340 Просмотры 0 Комментарий

 Bugun yurtimizning barcha hududlarida millatlararo va dinlararo do‘stlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni o‘zida jamlagan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Toshkent fotosuratlar uyida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi. 




Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faollari, diniy konfessiya vakillari, OAV vositalari xodimlari ishtirok etdi. 




Ko‘rgazmada Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari aks ettirilgan 100 dan ortiq asarlar namoyish etildi. 




Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий