Yarmarkaga turli nashriyotlar tomonidan chop etilgan badiiy, ilmiy, tarixiy va ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar taqdim etildi. Xodimlar o‘zlari tanlagan asarlarni xarid qilish, tavsiyalar olish hamda bir-birlari bilan o‘qigan kitoblari haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek kitobsevar xodimlar tomonidan xarid qilingan kitoblar boshqarma kutubxonasiga o‘z nomlaridan esdalik sifatida topshirildi.


Kitoblar yarmarkasi nafaqat savdo tadbiri, balki ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv, fikr almashish va kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlovchi ezgu an’anaga aylandi.
O‘zA
0 Комментарий