Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 19 января 2026 г. 15:16 1,820 Просмотры 0 Комментарий



Buxoro viloyat tatar-boshqird milliy madaniyat markazining faollari ishtirokida navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda markaz rahbariyati, faollar hamda jamoatchilik vakillari qatnashib, unda markaz tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, tatar va boshqird millatlarining milliy urf-odatlari, an’analari, tili va madaniyatini asrab-avaylash hamda targ‘ib etish yo‘nalishidagi faoliyati yuzasidan atroflicha hisobot tinglandi.




Yig‘ilish davomida amalga oshirilgan tadbirlar, madaniy-ma’rifiy loyihalar, yoshlar bilan olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Yakunda markaz faoliyati ijobiy baholanib, hisobot qoniqarli deb topildi.


Shundan so‘ng yig‘ilishning asosiy masalalaridan biri — markaz raisini saylash jarayoni o'tkazildi.  O'tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra X. Sabitova Buxoro viloyat tatar-boshqird milliy madaniyat markazi raisi etib saylandi.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий