Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Tailandda O‘zbekiston milliy turizm salohiyati namoyish etildi

By Muxtasar_Qodirova - 27 января 2026 г. 21:28 1,041 Просмотры 0 Комментарий
Bangkok shahrida 31-Tailand xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekistonning turizm
salohiyati keng namoyish etildi.


Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston bosh konsulxonasi, “Uzbekistan Airways” AJ va

o‘zbekistonlik turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.


Ko‘rgazmada 600 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, xalqaro va mahalliy aviakompaniyalar,

sayyohlik agentliklari, turizmni targ‘ib qiluvchi tashkilotlar, mehmonxonalar tarmog‘i o‘z

sayyohlik mahsulotlari va targ‘ibot nashrlarini namoyish etdi. Ikki kun davom etgan ko‘rgazma

qariyb 150 ming ishtirokchini qamrab oldi.


Yarmarkada Vatanimizning boy madaniy merosi, nafis tarixiy obidalari, betakror milliy

meʼmorchiligi, xalqimiz milliy liboslari va hunarmandchilik namunalari taqdim qilindi.

Respublikamizning gastronomik va ziyorat turizm sohasidagi jozibadorligi tashrif

buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilari milliy o‘zbek

liboslarini kiyib ko‘rib, mamlakatimiz madaniyatini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ldi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий