Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

By Muxtasar_Qodirova - 19 марта 2026 г. 21:25 1,092 Просмотры 0 Комментарий

#Hududlarda_bayram_shukuhi 

#Xorazm 




Urganch tumanida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri yurtimizda azaliy an’ana va qadriyatlarni ulug‘lash, xalqimizning boy madaniy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan holda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.






Mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda turli soha fidoyilari ishtirok etib, Navro‘z bayramining insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va yangilanish g‘oyalarini o‘zida mujassam etganini yana bir bor namoyon etdilar. Bayram davomida milliy an’ana va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna chiqishlari, folklor jamoalarining jonli ijrolari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.





Tadbir doirasida milliy taomlar sayli ham tashkil etilib, unda sumalak sayli, palov tortish marosimlari va bahoriy noz-ne’matlar mehmonlarga tortiq qilindi. Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar, amaliy san’at namunalari va qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi esa bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий