Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Hududlarda bayram shukuhi

By Muxtasar_Qodirova - 25 марта 2026 г. 11:18 1,164 Просмотры 0 Комментарий




Hududlarda bayram shukuhi tobora avj olib, yurtimizning har bir go‘shasida ko‘tarinki kayfiyat hukm surmoqda. Xususan, Navoiy viloyatida ham bu yil Navro‘z bayrami yuqori saviyada, o‘ziga xos tantana va shodiyona bilan nishonlandi. Bahorning ilk nafasi, tabiatning uyg‘onishi bilan uyg‘unlashgan ushbu qadimiy bayram viloyat ahli qalbida iliq tuyg‘ular, ezgu niyat va orzularni yanada mustahkamladi.






Bayram tadbirlari davomida milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz keng namoyish etildi. Turli millat va elat vakillari bir sahnada jam bo‘lib, o‘z madaniyati, san’ati va milliy qadriyatlarini namoyon etdilar. Bu esa yurtimizda hukm surayotgan do‘stlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitining yana bir yorqin ifodasiga aylandi.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий