Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Ilmiy-amaliy konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 30 марта 2026 г. 18:01 1,108 Просмотры 0 Комментарий

#Forum_doirasida



Farg‘ona davlat universitetida “Do‘stlik stelasi – qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik ramzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.






Mazkur anjuman mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichiga xos muhim jihatlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Unda ilm-fan va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro ishonchni yanada oshirish hamda strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘lmoqda. 






Tadbir davomida so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida qo‘shni va hamkor davlatlar bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.






Konferensiya doirasida ilgari surilgan tashabbuslar va ilmiy yondashuvlar mintaqada barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.




Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий