Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Do‘stlik ko‘prigi

By Muxtasar_Qodirova - 4 мая 2026 г. 14:47 1,136 Просмотры 0 Комментарий



Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy madaniy markazlar faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan yosh avlod vakillarini rag‘batlantirish maqsadida “Do‘stlik ko‘prigi” nomli gala-konsert o’tkazildi.






Konsert dasturida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi vakillari, respublika va Toshkent shahar milliy madaniy markazlari, do‘stlik jamiyatlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari hamda keng jamoatchilik, shuningdek, qozoq, qirg‘iz, uyg’ur, ozarbayjon, tatar, koreys va boshqa milliy madaniy markazlarning badiiy havaskorlik jamoalari ishtirok etdi.






Konsertda  O‘zbekistonlik va Qozog‘istonlik yosh san’atkorlar tomonidan do’stlikni, hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.





Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий