Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

“Birodar shaharlar – 2026” birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

By Muxtasar_Qodirova - 5 мая 2026 г. 23:29 1,272 Просмотры 0 Комментарий



➡️Mazkur nufuzli tadbir birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalq diplomatiyasi mexanizmlarini kuchaytirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish maqsadida tashkil qilindi. Tadbirda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislar, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari (onlayn va oflayn formatda), shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 








Anjuman doirasida shaharlararo hamkorlikning yangi bosqichini belgilovchi muhim tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, ekologik barqarorlik, raqamli boshqaruv, “aqlli shahar” konsepsiyasi, yoshlar diplomatiyasi va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. 






Ishtirokchilar tomonidan birodar shaharlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada institutsional darajaga olib chiqish, muntazam forumlar tashkil etish hamda hududlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.











Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий