🇺🇿 Aura.uz — O‘zbekiston haqida kontent izlaydiganlar uchun haqiqiy xazina!
🔍 Aura.uz — O‘zbekistonning eng katta va eng zamonaviy media banki. Bu yerda minglab professional foto va videolar, dron tasvirlari, tarixiy obidalar, tabiat manzaralari va zamonaviy shaharlar jamlangan.
📝 Bugungi kunda platformada 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar mavjud. Serverlarda esa 6 terabaytdan ortiq ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Eng e’tiborlisi, platforma har kuni o‘rtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan boyitib boriladi.
❔ Kontent yaratasizmi? Bloger, jurnalist, dizayner yoki SMM mutaxassisimisiz? Unda Aura.uz siz uchun tayyor vizual xazina.
📌 Tarixiy obidalar, milliy an’analar, sport, san’at, zamonaviy shaharlar, hududlar va tabiat manzaralari — barchasi bir joyda.
🎥 Kontentlar HD, Full HD va 4K sifatida taqdim etiladi. Eng muhimi, materiallarda ortiqcha yozuv, logotip yoki suv belgilarisiz foydalanish mumkin.
💻 Sifatli kontentning yangi manzili — Aura.uz
0 Комментарий