Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro pres-tur tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 1 июля 2026 г. 12:28 1,253 Просмотры 0 Комментарий



Samarqand shahrida Birodar shaharlar alyansi tashabbusi bilan "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.







Pres-tur davomida mehmonlar Samarqandning tarixiy-me’moriy yodgorliklari, boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi va yuksak turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga shahar tomonidan dunyoning 30 dan ortiq shahri bilan yo‘lga qo‘yilgan birodarlik aloqalari, ushbu hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar hamda yoshlar almashinuvi dasturlarining mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.





Pres-turning muhim voqealaridan biri sifatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Birodar shaharlar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий