
Ayni vaqtda “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur kitob qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat g‘oyalarini o'zida mujassam etganligi bilan ham ahamiyatli sanaladi.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, totuvlikni ta'minlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kitob yosh avlodni vatanparvarlik, bag‘rikenglik, millatlararo hamjihatlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

0 Комментарий