Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Davra suhbati tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 3 августа 2026 г. 12:26 1,143 Просмотры 0 Комментарий

#Tadbir




30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” haftaligi doirasida “Millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi






Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari M.Kaxxarova so‘zga chiqib, 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.






Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi, Respublika targ‘ibot guruhi, milliy madaniy markazlar hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, jamiyatda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.




Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий