Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qashqadaryo viloyatida "Do‘stlik" festivali

By Muxtasar_Qodirova - 3 августа 2026 г. 12:34 1,141 Просмотры 0 Комментарий

#Hududlarda_bayram_shukuhi





 Qarshi shahri markazidagi viloyat musiqali drama teatri oldida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" g‘oyasi ostida "Do‘stlik" festivali tadbirlari o'tkazildi.






🔺 Festival "Oila" monumenti poyiga gulchambar qoʻyish bilan boshlanib, unda milliy madaniy markazlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, yurtimizdagi do‘stlik, hamjihatlik va vatanparvarlik g‘oyalari hurmatiga gulchambar qoʻydilar.





"Do‘stlik" festivali yurtimizdagi tinchlik, millatlararo totuvlik va umumxalq birdamligini mustahkamlash, shuningdek, davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib qarshi olish yo‘lidagi muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etdi.

Tadbir doirasida milliy-madaniy markazlar tomonidan milliy taomlar, an’anaviy liboslar hamda xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Badiiy dasturda esa Vatan, tinchlik, do‘stlik va millatlararo hamjihatlikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan milliy-madaniy markazlarga viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий