Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro bolalar festivalida

By Muxtasar_Qodirova - 27 августа 2026 г. 15:59 1,238 Просмотры 0 Комментарий

AQSHning Kupertino shahrida o‘tkazilgan “Kids‘N Fun Festival” xalqaro bolalar festivalida o‘zbek diasporasi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Bu yilgi tadbirda dunyoning 20 ga yaqin mamlakati madaniyati va urf-odatlari namoyish etildi. Milliy ekspozitsiyalar orasida o‘zbek jamoatchiligi markazi (Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area – UCCSFBA) tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston pavilyoni ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

UCCSFBA Shimoliy Kaliforniyadagi faol diaspora tashkilotlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni jipslashtirish va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish masalalarida ushbu markaz bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekiston pavilyoni davlat ramzlari, milliy liboslar, do‘ppilar, xonatlas va atlas matolar hamda amaliy sanʼat buyumlari bilan yorqin bezatildi. Tashrif buyuruvchilarga mamlakatimiz tarixi, boy madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari va sayyohlik salohiyati haqida axborot materiallari ham taqdim etildi.

Festival davomida diaspora faollari mehmonlarni milliy urf-odatlar va anʼanalar bilan tanishtirib, yurtimizning tarixiy-madaniy merosi hamda zamonaviy taraqqiyoti haqida so‘z yuritdi. Ekspozitsiya, ayniqsa, oilaviy tashrif buyurgan mehmonlar va bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu kabi keng miqyosli tadbirlarda vatandoshlarning ishtirok etishi O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini ommalashtirishga, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga hamda o‘zbek diasporasining mahalliy hamjamiyat bilan aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий