Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Yurtimizdagi barcha umumtaʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili boshlandi!

By Muxtasar_Qodirova - 2 сентября 2026 г. 17:34 1,296 Просмотры 0 Комментарий



Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan boshlangan yangi oʻquv yili millionlab oʻquvchilar, ustoz va murabbiylar, shuningdek, ota-onalar uchun quvonchli voqea boʻldi.

Ayniqsa, bu kun maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻygan bolajonlar hayotida unutilmas taassurot qoldirdi. Joriy oʻquv yilida 795 ming nafardan ziyod bola birinchi sinfga qabul qilinib, ularga 12 turdagi oʻquv qurolidan iborat "Prezident sovgʻalari" topshirildi.




Barcha oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab, ularga bilim olish yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar, ustoz va murabbiylarga esa sharafli faoliyatida kuch-gʻayrat tilaymiz!


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий