Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Yurtimizda bayram shukuhi

By Muxtasar_Qodirova - 3 сентября 2026 г. 9:52 1,150 Просмотры 0 Комментарий

#Mustaqillik_35_yil

Mustaqillik O‘zbekiston tarix sahifasiga yangi va yorqin davrni muhrladi. Xalqimiz o‘z kelajagini o‘zi belgilash, milliy manfaatlarini himoya qilish va erkin taraqqiyot yo‘lini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustaqillik tufayli yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning qadrini ulug‘lash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugun Yangi O‘zbekistonda inson manfaati, uning orzu-intilishlari va farovonligi davlat siyosatining markazida turibdi. Bu esa mustaqillik bizga bergan eng buyuk ne’matlardan biridir.

💬 Yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, turli millat va elat vakillarining o‘z milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun turli millat vakillari yagona Vatan tuyg‘usi, o‘zaro hurmat va do‘stlik ruhida ahil va totuv hayot kechirayotgani O‘zbekistonning eng katta boyliklaridan biridir.



Guldana Avezdurdiyeva
– Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi 

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий