Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

“Sumbula” hosil bayrami

By Muxtasar_Qodirova - 21 сентября 2026 г. 11:59 1,172 Просмотры 0 Комментарий


Milliy madaniy markazlar pavilyonida tatar millatining “Sumbula” hosil bayrami nishonlandi

Milliy madaniy markazlar pavilyonida tatar millatining qadimiy milliy an’analarini o‘zida mujassam etgan “Sumbula” hosil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.




⏺“Sumbula” — tatar millatining mehnat, mo‘l-ko‘lchilik va hosildorlik bilan bog‘liq qadimiy bayramlaridan biri bo‘lib, unda ona zaminga hurmat, dehqon mehnatini qadrlash, tabiat ne’matlariga shukronalik bildirish kabi ezgu qadriyatlar o‘z ifodasini topadi. Bayram tadbiri davomida tatar millatining boy milliy madaniyati, urf-odat va an’analari keng namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.




Tadbir turli millat vakillarini bir davrada jamlab, ular o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ayniqsa, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning o‘z tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashi hamda rivojlantirishi uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. 

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий