Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxraman Sariyev Bolgariya Respublikasi Sofiya shahrida faoliyat yuritayotgan “Bolgariya–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Toshko Angelov Krastevni qabul qildi.

💬 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xususan, madaniy-gumanitar hamda xalq diplomatiyasi yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⏺Tomonlar ikki mamlakat xalqlarini yanada yaqinlashtirishda do‘stlik jamiyatlarining o‘rni muhim ekanini ta’kidlab, qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Bolgariya xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, o‘zaro madaniyat, urf-odat va an’analarni keng targ‘ib qilish, ikki mamlakat jamoatchiligi o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi tajribalarni o‘rganish va almashish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda do‘stlik jamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
0 Комментарий