
Tadbirda mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati davomida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining tinchlik va hamjihatlikda hayot kechirayotgani, ularning milliy urf-odatlari, tili, madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylash uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.


Shuningdek, yosh avlodni millatlararo do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda yagona Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

0 Комментарий