
O‘zbek tili esa ularni yanada yaqinlashtiradigan, qalblarni bog‘laydigan ma’naviy ko‘prikdir. Uni qadrlash, o‘rganish va hurmat qilish — O‘zbekistonning boy madaniyati va qadriyatlariga hurmat ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yurtimizda yashayotgan turli millat vakillari ham o‘zbek tilida Vatanni tarannum etuvchi she’rlar aytib, yurtga bo‘lgan mehr va sadoqatlarini ifoda etdilar. Ularning samimiy chiqishlarida birdamlik, bag‘rikenglik va O‘zbekistonga daxldorlik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Zero, Vatanni sevishning tili, millati yo‘q. Uni sevgan qalblar esa doimo bir-biriga yaqindir.
N. Rahmonova, O‘zA
0 Комментарий