Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Germaniyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus jurnal nashr etildi

By Muxtasar_Qodirova - 2 ноября 2026 г. 13:01 1,067 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekistonelchixonasi mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan nemis tilidagi maxsus jurnalni chop etdi.




32 betdan iborat nashr nemis jamoatchiligini 2016-yildan buyon Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda o‘zbek-german hamkorligining rivojlanishi bilan tanishtiradi.




Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, O‘zbekistonning tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati hamda nemis kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyatiga oid materiallar o‘rin olgan.

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida rivojlantirish hamda sheriklikni yana-da kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.




Mazkur nashr Germaniyaning siyosiy, ekspert va ishbilarmon doiralari, ilmiy-ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari hamda Berlinda akkreditatsiya dan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari uchun mo‘ljallangan.

Jurnalning chop etilishi Yangi O‘zbekiston yutuqlarini Germaniyada keng targ‘ib qilish, nemis jamoatchiligining olib borilayotgan islohotlardan xabardorligini oshirish hamda ko‘p qirrali o‘zbek-german hamkorligini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий