Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Birodar şaharlar yoşlari bağrikenglik festivali” ötkazilmoqda

By Muxtasar_Qodirova - 12 ноября 2026 г. 21:32 1,008 Просмотры 0 Комментарий



Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari böyiça qömitasi hamda Birodar şaharlar alyansi hamkorligida 16-noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuniga bağişlangan “Birodar şaharlar yoşlari bağrikenglik festivali” bölib ötmoqda.




Tadbir avvalida iştirоkçilar Milliy madaniy markazlar pavilyonida bölib, mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining öz milliy madaniyati, urf-odatlari, an’analari hamda qadriyatlarini saqlaş va rivojlantirişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, pavilyonda namoyiş etilgan milliy madaniy meros namunalari, an’anaviy liboslar, hunarmandçilik buyumlari va turli millatlarning öziga xos madaniyatini aks ettiruvçi ekspozitsiyalar ishtirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.






Festivalda Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar öz mamlakatlarining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari, an’analari va san’atini namoyiş etuvçi rang-barang badiiy çiqişlar bilan iştirоk etmoqda. Jumladan, ular milliy kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna körinişlari orqali öz xalqlarining öziga xos madaniyati hamda qadriyatlarini tomoşabinlarga taqdim etmoqda.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий