Özbekiston delegatsiyasining joriy yil 17–21-noyabr kunlari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga amalga oşirilgan xizmat safari doirasida 18-noyabr kuni Amman şahridagi “Şeraton” mehmonxonasida uşbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoşlar hamda “Al-Buxoriy” uyuşmasi rahbariyati va faollari bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda Özbekistonning Saudiya Arabistoni va Iordaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi N. Turğunov, Qömita raisi örinbosari B. Şukurov, Imom al-Buxoriy islom instituti rektori U. Ğofurov, Barqaror rivojlaniş markazi direktori E. Saminov, şuningdek, tegişli davlat idoralari va taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda ötgan muloqotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining arab tiliga tarjima qilingan “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” asari va boşqa asarlari taqdimotlari ötkazildi. Şuningdek, xorijdagi vatandoşlarning tarixiy Vatan bilan aloqalarini mustahkamlaş, ularning milliy özligi, ona tili, urf-odatlari va madaniy-ma’naviy merosini asrab-avaylaş, şuningdek, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş masalalari xususida söz yuritildi.

Muloqot davomida “Al-Buxoriy” özbeklar uyuşmasi bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyiş, vatandoşlarni Özbekistonda ötkaziladigan xalqaro forumlar, madaniy-ma’rifiy anjumanlar va boşqa tadbirlarga keng jalb etiş, ayniqsa, yoş avlod vakillarini tarixiy Vatanning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda bugungi taraqqiyoti bilan yaqindan taniştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, Iordaniyada istiqomat qilayotgan vatandoşlarning farzandlari uçun özbek tili kurslarini taşkil etiş, ularning Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida grant asosida tahsil oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, qöşma madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflar bildirildi.
Qömita raisi örinbosari B. Şukurov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoşlar bilan doimiy aloqalarni mustahkamlaşga davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri sifatida juda katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Öz navbatida, “Al-Buxoriy” uyuşmasi prezidenti Saad al-Buxoriy hamda vatandoşlar tarixiy Vatan bilan aloqalarni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, Özbekistonning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini Iordaniyada keng tarğib etişga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi tomonidan vatandoşlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev asarlarining arab tiliga tarjima qilingan naşrlari, özbek milliy liboslari, döppilar va boşqa milliy kiyimlar namunalari esdalik sovğalari sifatida topşirildi.
Mazkur uçraşuv xorijdagi vatandoşlar bilan aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanış, milliy-madaniy merosimizni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş hamda Özbekiston va Iordaniya xalqlari örtasidagi döstlik rishtalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
0 Комментарий