Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Ildizimiz bir. Vatanimiz bir. Qalbimiz bir!

By Muxtasar_Qodirova - 26 ноября 2026 г. 10:19 1,297 Просмотры 0 Комментарий

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar qömitasi, “Vatandoşlar” jamoat fondi hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, hamkor taşkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 4–5-dekabr kunlari Toşkent şahrida “Vatandoşlar butunjahon qurultoyi” ötkaziladi.

Qurultoy turli mamlakatlarda yaşayotgan vatandoşlarimizni bir joyga jamlaydi. Unda xorijdagi diasporalarning ehtiyoj va takliflari muhokama qilinadi hamda Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqiladi.

Qurultoyda qanday mavzular muhokama qilinadi?

⏺ Vatandoşlarning huquqlarini himoya qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş;
⏺ Ta’lim va ilm-fan sohasida bilim va tajriba almaşiş;
⏺ Vatandoş tadbirkorlar bilan hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari;
⏺ Madaniyat, media va jamoat birlaşmalari orqali xorijda milliy özlikni asraş;
⏺ Tibbiyot va ekologiya sohalarida vatandoş mutaxassislar bilan hamkorlik.

Kimlar qatnaşadi?

▫️ Xorijdagi özbek diasporalari va vatandoşlar jamoat birlaşmalari vakillari;
▫️ Vatandoş tadbirkorlar;
▫️ Ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari;
▫️ Madaniyat va media sohasi vakillari;
▫️ Tibbiyot va ekologiya sohasi mutaxassislari.

Jami: 400+ xalqaro iştirokçi

Qurultoyda qatnaşiş uçun 1-dekabrga qadar röyxatdan öting. İştirokingiz tasdiqlangaç, dastur, safar va turar joy şartlari haqida ma’lumot yuboriladi.

🔺 Röyxatdan ötiş

📞 Ma’lumot uçun +998 55 502-22-99

Qadrli vatandoşlar, qayerda yaşayotgan bölsangiz ham, bilimingiz, tajribangiz va g‘oyalaringiz Özbekiston kelajagi uçun qadrli. Qurultoyda sizni tinglaşni va takliflaringizni birga muhokama qilişni istaymiz!

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий