Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda bo‘lib o‘tgan forumda ishtirok etdi

By Muxtasar_Qodirova - 13-Iyul, 2025-yil 11:22 288 Koʻrishlar 0 Izoh

Bahrayn Qirolligida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan ushbu mamlakatda ham akkreditatsiyadan o‘tgan mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekiston –Bahrayn” xalqaro turizm forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Muhim ahamiyatga ega tadbir respublikamizning turizm salohiyatini Fors ko‘rfazi davlatlarida targ‘ib qilish va turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun samarali maydonchaga aylandi.



Anjumanda vazirlik, idoralar, sayyohlik va avia kompaniyalar, savdo-sanoat palatalari, shuningdek ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, O‘zbekistonning Bahrayndagi elchisi (qarorgohi Ar-Riyod shahrida) Nodirjon Turg‘unov, Bahrayn turizm vaziri Fotima Ja’far Al-Sayrafiy tajriba almashish va qo‘shma turizm tashabbuslarini amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.

“O‘zbekiston – Ipak yo‘li marvaridi” nomli taqdimotda tarixiy-madaniy meros, sayyohlik manzillari, shuningdek ziyorat, tibbiyot, gastronomik va ekologik turizm yo‘nalishlardagi yangi imkoniyatlar taqdim etildi.

YUNESKOning O‘zbekistondagi Jahon merosi infratuzilmasi hamda ob’ektlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirning yana bir muhim qismi – ikki mamlakat turizm biznesi vakillari uchrashuvida yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yildi, Bahrayn turoperatorlari va OAV vakillari uchun zarur ma’lumot va axborot berish maqsadida turli tadbirlar tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.

Manama mehmonlari va aholisi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aks ettiruvchi “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zA

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring