Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hamkorlik memorandumi

By Muxtasar_Qodirova - 13-Sentabr, 2025-yil 23:42 477 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari doirasida “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini 2025- yilda amalga oshirish dasturi ijrosini ta’minlashda NNT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda davlat organlari, parlament vakillari, Adliya vazirligi rahbariyati, jamoat fondlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda NNT rahbarlari ishtirok etdi. Ular NNTlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ahamiyati va davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashdilar. 




Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.




Ta’kidlandiki, bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin NNTlar faoliyat yuritmoqda. Ular  fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida mamlakat taraqqiyotida, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda va joylardagi muammolarni hal etishda tobora faol ishtirok etmoqda. Davlat siyosatida ham fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan bo‘lib, NNTlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring