Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Chxusok 2025

By Muxtasar_Qodirova - 4-Oktabr, 2025-yil 12:15 1,689 Koʻrishlar 0 Izoh

Ayni vaqtda Koreya madaniyati va san’ati saroyi binosida koreys millatining an’anaviy “Chxusok-2025” bayrami keng nishonlanmoqda. 




Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, milliy madaniy markazlari faollari, OAV vakillari ishtirok etmoqda. 




Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalaribo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev nutq so‘zladi. Ta’kidlandiki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigidagi “Hech shubhasiz, yurtimiz zaminida qadimgi davrlardan buyon davom etib kelayotgan etnik xilma-xillik noyob ijtimoiy hodisa bo‘lib, bugun – Yangi O‘zbekiston sharoitida yangicha ma’no-mazmun va an’analarga ega bo‘lib borayotgani diqqatga sazovordir. Barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan Vatanimiz aynan shu asosda inson qadri va baxti ulug‘lanadigan tom ma’nodagi tinchlik, do‘stlik va mehr-oqibat diyoriga aylanib bormoqda, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz” degan so‘zlari qanchalik to‘g‘ri ekanligini yana bir bor isboti o‘laroq bugungi tadbir misolida ham guvoh bo‘lindi.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring