Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda Italiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

By Muxtasar_Qodirova - 16-Oktabr, 2025-yil 7:48 1,592 Koʻrishlar 0 Izoh

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Rimda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdii.

"Bugun Rimga tashrifimiz chogʻida Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Xonim Oliyalari bilan samimiy va mazmunli muloqot oʻtkazdik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Oʻzbekiston-Italiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining ijobiy sur'atda rivojlanayotganini qayd etdik, barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish borasidagi oʻzaro intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik.

Italiya Yevropadagi Oʻzbekistonning eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida alohida oʻrin tutadi. Ishonch, doʻstlik va taraqqiyotga sodiqlik tamoyillariga asoslangan sherikligimizni yanada rivojlantirishda davom etamiz".

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring