✅Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida turli diniy konfessiya vakillari ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida “Bag‘rikenglik kubogi” sport musobaqalari boshlandi.

✅Sport festivalida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Pyatidesyatniklar seminariyasi, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda Xadichayi Kubro madrasasi talabalari ishtirok etmoqda.

✅Ishtirokchilar sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi turlari hamda “Zakovat” intellektual musobaqalarida bellashishadi.


✅Sport bellashuvlari davom etmoqda.

Ishtirokchilar sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi turlari hamda “Zakovat” intellektual musobaqalarida bellashishmoqda.
0 Izoh