Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o'rganish ishlari olib borildi. Xususan:

Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tojik, turkman, qozoq, rus, tatar, boshqird, koreys, Buxoro yahudiylari, shalom yahudiylari, ozarbayjon, nemis va polyak milliy madaniy markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi;

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrash, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi;

Shuningdek, markazlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
0 Izoh