Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Shveysariyada bo‘ladi

By Muxtasar_Qodirova - 21-Yanvar, 2026-yil 17:53 1,244 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21-yanvar kuni Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi.


Avvalroq davlatimiz rahbari kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.


Mamlakatimiz yetakchisi AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta’kidladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring