Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
🔍13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etiladi.
🌳Hashar doirasida:
— mahallalar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar atrofi tartibga keltiriladi;
— ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi;
— bolalar maydonchalari ta’mirlanadi;
— daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekiladi;
— “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlar ko‘kalamzorlashtiriladi;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.
🔍 Ushbu tashabbus mahallalarda ozodalik, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barchangizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
0 Izoh