Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi

By Muxtasar_Qodirova - 26-Mart, 2026-yil 22:24 1,141 Koʻrishlar 0 Izoh

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida, Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Emomali Rahmonning 26–27 mart kunlari amalga oshirayotgan davlat tashrifini yuksak darajadagi siyosiy ishonch, yaqin qoshnichilik va mustahkam ittifoqchilik munosabatlarining yorqin ifodasi sifatida baholayman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 2026 yilning 26–27 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. 


So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu, avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ochiqlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan mintaqaviy siyosat samarasidir. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga chiqib, 2024 yilda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma bilan mustahkam huquqiy poydevorga ega bo‘ldi.


Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2025 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmining 718 million AQSH dollariga yetgani va bu ko‘rsatkichning sezilarli o‘sish dinamikasiga ega ekani quvonarlidir. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilangan maqsadlar iqtisodiy hamkorlikning ulkan salohiyatini namoyon etmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va turizm kabi sohalarda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar bu jarayonni yana-da jadallashtirmoqda.


Ayniqsa, mazkur tashrif nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston va Tojikistonning o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorligi mintaqaviy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, xavfsizlikni taʼminlash va umumiy taraqqiyotga xizmat qiladi.


Shu nuqtai nazardan, mazkur davlat tashrifi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro maydonda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

                                                                                            Imomnazar TURSUNOV,

                                                              Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,                                                                       Qonunchilik palatasining Tojikiston Respublikasi

                                            Majlisi Olining Majlisi namoyandagon bilan hamkorlik

                                                        bo‘yicha parlamentlararo guruhi aʼzosi                              

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring