Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon do‘stlik forumi

By Muxtasar_Qodirova - 1-Aprel, 2026-yil 17:24 1,120 Koʻrishlar 0 Izoh

29–31 mart kunlari “Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon do‘stlik forumi” bo'lib o'tdi. 




Forum uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada bunyod etilgan “Do‘stlik stelasi” ochilganiga bir yil to‘lgan sanada bo‘lib o‘tayotgani ham ramziy ma’noga ega. Zero, mazkur tashabbus bugungi murakkab global sharoitda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.












Ma’lumki, 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari ishtirokida mazkur stela ochilgan edi. Bugungi kunda “Do‘stlik stellasi” nafaqat ramziy inshoot, balki uch xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik rishtalarini ifodalovchi muhim timsolga aylandi. Uning aynan Farg‘ona viloyatining chegaradosh hududida joylashgani ham alohida ma’no kasb etib, tarixan shakllangan qo‘shnichilik va madaniy aloqalarning uzviy davomini aks ettiradi.







Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring