Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston yana bir bor dunyo e’tiborida

By Muxtasar_Qodirova - 13-Aprel, 2026-yil 17:38 1,105 Koʻrishlar 0 Izoh

Yurtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi jahon miqyosida e’tirof etildi va Guinness World Records tomonidan “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” sifatida rasman rekordlar kitobiga kiritildi! 


Bu nafaqat arxitektura yoki muzey miqyosidagi yutuq — bu bizning boy tariximiz, ma’naviyatimiz va ilm-fan merosimizning yuksak qadrlanishidir.





Markazning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.


Bu markaz — buyuk allomalarimiz, islom madaniyati va sivilizatsiyasining betakror namunalarini o‘z ichiga olgan haqiqiy ma’rifat maskani!

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring