Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Mutaxassislar tomonidan yoshlarga oʻquv-seminari tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 15-Aprel, 2026-yil 21:32 1,066 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Qoʻmita binosida “Raqamli hukumat: Lex.uz platformasi va davlat xizmatlaridan foydalanish” mavzusida qo‘mita xodimlari hamda talabalar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.






Mazkur seminar davomida ishtirokchilarga Lex.uz platformasidan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini izlash va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, my.gov.uz orqali ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, ariza topshirish va natijalarni olish jarayonlari amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi. Bundan tashqari, "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" platformasi haqida ma'lumotlar berildi.






Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar hamda raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.






Tadbir yakunida, bunday o‘quv-seminarlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarida faol ishtirokni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring