
Yoshlar bilan ishlash, ular tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘mita tomonidan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida Milliy madaniy markazlar pavilyonida Qo‘mita mas’ul xodimlari boshchiligida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Ishtirokchilar turli millat vakillarining madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari va atributlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
0 Izoh