Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro o‘rtoqlik futbol turniri tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 22-Aprel, 2026-yil 16:54 1,065 Koʻrishlar 0 Izoh



 Afsonaviy sport ustasi Mixail An xotirasiga bagʻishlangan do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan xalqaro o‘rtoqlik futbol turniri tashkil etildi.




Turnir O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda turli mamlakatlar va jamoalar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, musobaqada diplomatik korpus vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 




Mazkur sport tadbiri turli millatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yoshlar o‘rtasida birdamlik muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring