Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini oshirish

By Muxtasar_Qodirova - 23-Aprel, 2026-yil 22:33 1,286 Koʻrishlar 0 Izoh

Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini oshirish hamda yo‘llarda xavfsiz harakatlanish masalalariga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.


Unda Qoʻmita xodimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, yoshlar faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyati, transport vositalaridan foydalanishda hushyorlik va intizomning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Tadbir doirasida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.


Tadbir yakunida bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazish yoshlar orasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirishda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring