Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Xotira – zamondan qudratli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 27-Aprel, 2026-yil 11:20 1,319 Koʻrishlar 0 Izoh




Toshkent shahar Belarus madaniyat markazi hamkorligida Toshkent zilzilasining 60 yilligi hamda Chernobil fojiasining 40 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.  Tadbirda Qo‘mita rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 






Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tinchlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Xususan, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishda turli millat vakillarining birdamligi va fidokorona mehnati, Chernobil fojeasi misolida esa ekologik xavfsizlik hamda umum mas’uliyat masalalari alohida ta’kidlandi.






Turli milliy madaniy markazlar ijodiy jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari va badiiy chiqishlar yig'ilganlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Mazkur tadbir turli millatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.





Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring