
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida “Birodar shaharlar va do‘stlik aloqalarida faxriy xalq diplomatlarining o‘rni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilib, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan faxriy xalq diplomatlarini e’zozlash va ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etildi.


Tadbirda millatlararo munosabatlar va do‘stlik jamiyatlari tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan fidoyi insonlar, soha vakillari, milliy madaniy markazlar handa jamoatchilik faollari, yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar faxriy xalq diplomatlarining jamiyatda tinchlik, o‘zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashdagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladilar.

0 Izoh