Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Oltin qalam” XX Milliy mukofoti

By Muxtasar_Qodirova - 14-May, 2026-yil 17:08 1,186 Koʻrishlar 0 Izoh

Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun eʼlon qilgan xalqaro tanlovga ijodiy ishlar qabuli qizg‘in davom etmoqda.

📝Tanlov televideniye, radio, bosma va internet nashlar hamda xorijiy jurnalistlarning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiallari, shuningdek, 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar
boʻyicha oʻtkaziladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur nominatsiyalar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashabbusi va taklifiga binoan joriy etilgan “Umummilliy hamjihatlikni targ‘ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi ham bor.


Ijodiy ishlar joriy yilning 22-mayiga qadar qabul qilinadi.

🗣 Qo‘shimcha ma’lumotlarni www.jurnalistlar.uz veb-sayti va
⚙️71 244-37-87
⚙️71 244-64-62 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

📢Tanlovda ishtirok etish shartlari haqida batafsil: O'zbek (lotin)   Ўзбек (кирилл) Rus  Ingliz

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring