
Bugun Toshkent shahar grek milliy madaniyat markazida “Biz – donormiz” shiori ostida qon topshirish xayriya aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda turli millat va elat vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar.


“Biz – donormiz” aksiyasi yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiruvchi, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlovchi muhim ijtimoiy tashabbus sifatida e’tirof etildi.

0 Izoh