Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ko‘ngillilik – kelajak

By Muxtasar_Qodirova - 18-Iyun, 2026-yil 21:09 1,100 Koʻrishlar 0 Izoh



Volontyorlar va turli milliy madaniy markazlar yoshlari ishtirokida "Ko‘ngillilik – kelajak" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ko‘ngillilik faoliyatini keng targ‘ib qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat rivojiga daxldorlik hissini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.






💬 Ochiq muloqot davomida volontyorlik harakatining bugungi kundagi ahamiyati, uning yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga ko‘ngillilik faoliyati orqali liderlik, jamoada ishlash, muloqot madaniyati, muammolarni hal etish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.






Shuningdek, xalqaro volontyorlik dasturlari (UN Volunteers, AIESEC) haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Ushbu dasturlar orqali yoshlarning turli davlatlarda ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishi, xalqaro tajriba orttirishi, xorijiy tillarni amaliyotda qo‘llashi hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring